Yangiliklar/Jamiyat

Toshkent va Toshkent viloyati o‘rtasida uchta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi

Jamiyat 23 oktyabr, 13:13
Toshkent va Toshkent viloyati o‘rtasida uchta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi

Yangi yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatish uchun Xitoyning ZHONGTONG kompaniyasidan 54 ta avtobus xarid qilinadi. Bu bo‘yicha «Keles Renesans» MChJ bilan shartnoma tuzilgan. Dastlabki to‘lovlar amalga oshirilgan, avtobuslar 2026-yil noyabr oyi oxirigacha yetkazib berilishi kutilmoqda.

Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, avtobuslar quyidagi yo‘nalishlarga taqsimlanishi rejalashtirilgan:

  • 162-yo‘nalish — «Qo‘shqo‘ndi» mahallasi — Chorsu savdo markazi avtostansiyasi;
  • 163-yo‘nalish — «To‘qimachilar» mahallasi — Chorsu savdo markazi avtostansiyasi;
  • 167-yo‘nalish — «Toshkent» kolxozi — Chorsu savdo markazi avtostansiyasi.

Jumladan, 163-yo‘nalish «To‘qimachi», «Nazarbek» va «Tarnov» mahallalari, shuningdek, Shifobaxsh suvlar va Beruniy ko‘chalari orqali o‘tadi.

Yangi yo‘nalishlar ishga tushirilishi avtobus kutish vaqtini qisqartirish, amaldagi yo‘nalishlardagi yuklamani kamaytirish hamda poytaxt va unga tutash hududlar o‘rtasidagi transport qatnovini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.

5520

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→