Tibetdagi zilzilada 16 k işi halok böldi

Dunyo 23 oktyabr, 15:44
Tibetdagi zilzilada 16 k işi halok böldi

Xitoyning Tibet avtonom hududidagi Nagçu şahar okrugida sodir bölgan zilzila oqibatida kamida 16 k işi halok böldi. Yana 32 k işi jarohatlandi.

«Sinxua» agentligining mahalliy favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga tayanib xabar berişiça, jarohatlanganlarning 11 nafari oğir, 21 nafari yengil jarohat olgan.

7,0 magnitudali zilzila Nagçu okrugining Baçen uyezdida yuz berdi. Xitoy Favqulodda vaziyatlarni boşqariş vazirligi ma’lumotiga köra, zilzila öçoği 10 km çuqurlikda joylaşgan.

Yer silkinişi oqibatida 339 ta oilaning uyi zarar körgan yoki vayron bölgan. Qutqaruvçilar zarar körgan hududlarni körikdan ötkaziş, vayronalar ostida qolganlarni qidiriş va jarohatlanganlarga yordam körsatişda davom etmoqda.

Xitoy hukumati favqulodda vaziyatlarga javob berişning törtinçi darajasini joriy qildi va hodisa joyiga işçi guruh yubordi.

Xitoyda favqulodda vaziyatlarga javob berişning tört bosqiçli tizimi amal qiladi. Birinçi daraja eng jiddiy vaziyatlarga, törtinçi daraja esa tizimdagi eng quyi bosqiçga tegishli.

Qutqaruv işlari davom etayotgani sabab halok bölganlar va jarohatlanganlar soni özgarişi mumkin. Evakuatsiya qilinganlar, yöllar, aloqa va boşqa infratuzilmaga yetgan zarar haqida hozirça töliq ma’lumot berilmagan.

6020

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→