O‘zbekistonda banklar, notariuslar va aeroportlarda ayrim xizmatlar uchun qog‘oz hujjatlar talab etilmaydi

O‘zbekistonda bir qator davlat va tijorat xizmatlaridan foydalanishda qog‘oz hujjatlar o‘rniga ularning elektron shaklini taqdim etishga ruxsat berildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 20-oktyabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ular asosida 33 ta idoraviy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Fuqarolar biometrik pasport, ID-karta, tug‘ilganlik va nikoh to‘g‘risidagi guvohnomalar, pensiya guvohnomasi, nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, urush qatnashchisi guvohnomasi hamda talabalik guvohnomasining elektron shaklidan foydalanishi mumkin. Buning uchun hujjatlarni my.gov.uz yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali taqdim etish mumkin.
Elektron hujjatlar quyidagi xizmatlarda qabul qilinadi:
- bank xizmatlaridan foydalanish va ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda shaxsni tasdiqlash;
- notarial harakatlarni amalga oshirish;
- O‘zbekiston ichidagi aviareyslarga ro‘yxatdan o‘tish;
- urush qatnashchilariga kompensatsiya berish;
- telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha shartnoma tuzish;
- qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishda donorning shaxsini tasdiqlash;
- lombardlar bilan shartnoma tuzish;
- tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlardan foydalanish;
- fuqarolarni harbiy ro‘yxatga olish.
Shuningdek, elektron hujjatlardan boshqa bir qator xizmatlarni olishda ham foydalanish mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
