Yangiliklar/Jamiyat

Ota-onalar uchun jarimalar oshirildi, bolalarga nisbatan zöravonlik uchun jazo kuchaytirildi

Jamiyat 22 oktyabr, 18:22
Ota-onalar uchun jarimalar oshirildi, bolalarga nisbatan zöravonlik uchun jazo kuchaytirildi

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan yangi qonun bilan ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid majburiyatlarini bajarmasligi uchun jarimalar oshirildi. Hujjatda bolalarga qarshi ayrim jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish hamda zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarni himoya qilishning qo‘shimcha kafolatlarini joriy etish nazarda tutilgan.

Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasa, ularga nisbatan oshirilgan miqdorda jarima qo‘llanadi. Qonunda bunday huquqbuzarlik takror sodir etilgan holatlar uchun ham qat’iyroq choralar belgilangan.

Shuningdek, bolalarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotni tarqatish hamda tegishli komissiyalar qarorlarini bajarmaslik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi.

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Qonunda zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan protsessual kafolatlar ham belgilangan. Jumladan, ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish, so‘roq jarayonlarida vasiylik organlari vakillari ishtirokini ta’minlash va so‘roqni videoyozuvga olish kabi choralar ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlarida ishlovchi xodimlar bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etsa, bu mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.

7490

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→