Havo shari sabab Toshkentning to‘rt tumanida elektr uzildi

19-oktabr kuni kechqurun havo shari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Aksa Tashkent issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga kelib urildi.
Hodisa oqibatida transformatorning himoya tizimi ishga tushib, stansiya quvvati 460 MVtdan 185 MVtgacha kamaydi. Toshkentning Yunusobod, Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarda elektr vaqtincha uzildi.
Nosozlik soat 19:05 da yuz berdi. Soat 19:09 da Yunusobod va Olmazor tumanlarida elektr qisman tiklandi. Soat 19:25 da iste’molchilar zaxira manbalariga ulandi, 19:38 ga kelib esa barcha hududlarda elektr ta’minoti qayta tiklandi.
Energetika vazirligi dastlab T-5 transformatori shikastlanganini ma’lum qilgan. Keyinchalik bunga stansiyaning ochiq taqsimlash qurilmasiga uchib kelgan havo shari sabab bo‘lganini bildirdi.
Tarqalgan videolarda kichik buyum yerga tushishi, chaqnash va yorilgan qizil sharni ko‘rish mumkin.
Vazirlik elektr stansiyalari, podstansiyalar va boshqa energetika obyektlari yaqinida havo sharlarini uchirmaslikni so‘radi. Begona buyumning kuchlanish ostidagi uskunaga tegishi qisqa tutashuv va qurilmaning avtomatik o‘chishiga olib kelishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
