Yangiliklar/Ekologiya

Samarqand va Farg‘ona aeroportlarida havo sifatini nazorat qiluvchi stansiyalar o‘rnatildi

Ekologiya 16 oktyabr, 17:55
Samarqand va Farg‘ona aeroportlarida havo sifatini nazorat qiluvchi stansiyalar o‘rnatildi

Uzbekistan Airports Samarqand va Farg‘ona aeroportlari yaqinida atmosfera havosini nazorat qiluvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatdi. Samarqanddagi uskunani o‘rnatish va sozlash ishlari 9-oktabrda, Farg‘onada esa 15-oktabrda yakunlandi. Keyinchalik bunday stansiyalarni boshqa aeroportlar yaqinida ham o‘rnatish rejalashtirilgan.

Uskunalar aeroportlarning sanitariya-himoya hududlariga joylashtirilgan. Ular tunu kun quyidagi moddalar miqdorini o‘lchaydi:

  • azot dioksidi;
  • oltingugurt dioksidi;
  • uglerod oksidi;
  • ozon;
  • ammiak;
  • vodorod sulfidi;
  • PM2.5 va PM10 mayda dispers zarrachalari.

Stansiyalar havo harorati va namligi, atmosfera bosimi, shamol tezligi va yo‘nalishini ham qayd etadi.

O‘lchov natijalari avtomatik ravishda atrof-muhit monitoringi tizimining yagona geоaxborot bazasiga yuboriladi. Ma’lumotlar aeroportlar yaqinidagi havo sifati qanday o‘zgarayotganini kuzatish va me’yorlardan oshish holatlarini aniqlash imkonini beradi.

1,0100

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→