Yangiliklar/Jamiyat

Dehqonobodda sel Damas’ni oqizib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 14 oktyabr, 11:00
Dehqonobodda sel Damas’ni oqizib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi

13-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida sel Damas avtomobilini oqizib ketdi. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchi halok bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Hodisa soat 17:30 atrofida tumanning tog‘li hududida qisqa muddatli kuchli yomg‘irdan keyin yuz bergan. Sel Qo‘ng‘irot mahallasining Shakarbuloq qishlog‘i hududidan oqib o‘tgan.

Yo‘ldan adashgan haydovchi va uning hamrohi yo‘nalishni aniqlash uchun sel o‘tadigan joyda to‘xtagan. Avtomobil sirpanib, o‘zanning chuqur qismiga tushib ketgan.

Haydovchi mashinadan chiqib, telefon orqali bog‘lanishga uringan va hamrohiga sel yaqinlashayotgani haqida ogohlantirgan. Biroq kuchli oqim avtomobilni ichidagi yo‘lovchi bilan birga olib ketgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yo‘lovchining jasadi topilgan. Voqea joyiga tuman hokimligi, FVB va ichki ishlar bo‘limi vakillari jalb etilgan.

1,9370

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→