Toshkent yaqinidagi issiqxonalarga ekologik isitish tizimi bilan ishlashga ruxsat berish taklif qilindi

Poytaxt hududidagi issiqxona xo‘jaliklariga ekologik xavfsiz isitish tizimiga o‘tish va chiqindi me’yorlariga rioya qilish sharti bilan faoliyatini davom ettirishga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.
Masala issiqxonalarda ko‘mirdan foydalanish oqibatida havoning ifloslanishi va yoqimsiz hidlar yuzasidan kelib tushgan murojaatlardan so‘ng ko‘rib chiqildi. Xususan, Yunusobod tumani aholisi shunday shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Ekologiya xizmati mutaxassislari obyektlarni o‘rganib, havodan namunalar oldi.
Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga ega issiqxonalarga quyidagi energiya manbalaridan foydalanishga ruxsat berish taklif etilmoqda:
- tabiiy va suyultirilgan gaz;
- elektr energiyasi;
- quyosh va geotermal energiya;
- issiqlik elektr stansiyalarida hosil bo‘ladigan ikkilamchi issiqlik energiyasi.
Agar ushbu manbalardan foydalanish texnik jihatdan imkonsiz bo‘lsa, ko‘mirda ishlashga ruxsat berilishi mumkin. Bunda issiqxonalar sertifikatlangan qozonlar, zamonaviy filtrlar hamda chiqindilarni tozalash tizimlari bilan jihozlanishi kerak.
Obyektlarda videokuzatuv va chiqindilarni onlayn monitoring qilish tizimlarini o‘rnatish ham nazarda tutilgan. Ma’lumotlar Ekologik monitoring milliy markaziga uzatiladi. Soha vakillari taqdim etgan Xitoy texnologiyasi asosidagi tajriba isitish tizimi hozircha sinovdan o‘tmadi. 30-sentabr va 8-oktabr kunlari o‘tkazilgan o‘lchovlar filtrdan chiqayotgan tashlamalar aholi salomatligi uchun belgilangan xavfsizlik ko‘rsatkichlariga mos kelmasligini ko‘rsatdi.
Filtr qayta takomillashtirilgach, ishchi guruh takroriy o‘lchovlar o‘tkazadi. Shu bilan birga, issiqxona qozonlari uchun mo‘ljallangan filtrlarning xavfsiz chiqindi me’yorlarini belgilovchi hujjat loyihasi tayyorlandi.
“Yashil issiqxona” formatiga o‘tadigan xo‘jaliklarga subsidiyalar va soliq imtiyozlari berilishi rejalashtirilgan. Ekologik xavfsiz isitish tizimiga ega bo‘lmagan issiqxonalarning poytaxt hududida ishlashiga qo‘yilgan taqiq esa saqlanib qoladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
