Erkinjon Turdimov ta’lim va ilm-fan vaziri etib tasdiqlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Erkinjon Turdimovni O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqladi.
Tayinlovga qadar Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi 2026-yil 3-oktabrda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini birlashtirish orqali tashkil etilgan.
Yangi vazirlik maktabgacha ta’limdan tortib oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha bo‘lgan yo‘nalishlarni muvofiqlashtiradi. Shuningdek, uning faoliyati kasbiy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ilm-fan sohalarini ham qamrab oladi.
Islohotdan ko‘zlangan maqsad — ta’limning turli bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish, maktab va kasbiy ta’limni oliy ta’lim hamda ilm-fan bilan bog‘lash.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
