Tibbiyot xodimlari uchun uy-joy subsidiyasi bo‘yicha ilk saralash 9-oktyabrda o‘tkaziladi

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy subsidiyasi ajratish bo‘yicha birinchi saralash 9-oktyabr kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi. Unda talablarga javob bergan 1657 nafar talabgor orasidan 125 nafari avtomatik tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi.
2026-yilning uchinchi choragida dastur uchun 4728 ta ariza kelib tushgan. Shundan 1657 tasi belgilangan talablarga mos deb topilib, saralashga qo‘yilgan.
Subsidiya davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ishlagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga beriladi. G‘oliblarga birlamchi bozordan ipoteka krediti asosida olinadigan uy-joy dastlabki badalining 25 foizi qoplab beriladi.
Dastur doirasida har yili 500 nafar tibbiyot va farmatsevtika xodimini qo‘llab-quvvatlash belgilangan.
Saralash ins-subsidiya.imv.uz sayti orqali o‘tkaziladi. Jarayon Sog‘liqni saqlash vazirligining Facebook, Instagram va Telegram sahifalarida jonli efirda namoyish etiladi.
Natijalar arizalarning ID raqamlari bo‘yicha e’lon qilinadi. Talabgorlar ariza holatini my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali ham tekshirishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
