Toshkentning sakkizta tumanida issiq suv bosimi va harorati pasaytiriladi

8 va 9-oktabrga o‘tar kechasi Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv bosimi va harorati vaqtincha pasaytiriladi. Cheklovlar soat 00:00 dan 06:00 gacha amal qiladi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.
Kompaniya isitish mavsumi oldidan issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazadi. Ishlar Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor, Shayxontohur, Yashnobod, Sergeli, Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini qamrab oladi.
8-oktabr kuni sinovlar TC-1 (M-4) hududida o‘tkaziladi. Cheklovlar Mustaqillik, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Ipak Yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol-3, Yassi, Qalandar, Bo‘zko‘cha, Chust, Katta Darxon, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbulak, Qirqyigit, Ozodlik, Yalang‘och, Toshqishloqmash, Mavlon Riyoziy, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar va Mirzakalon Ismoiliy ko‘chalariga taalluqli bo‘ladi.
Shuningdek, Kichik va Katta halqa avtomobil yo‘llari, Sayram ko‘chasining 5- va 7-berk ko‘chalari, Katta Darxonning 2-berk ko‘chasi, Tamaraxonim berk ko‘chasi, Bo‘z-1 massivi, ToshGRES shaharchasi, Hamid Olimjon maydoni hamda Toshkent davlat agrar universiteti hududida ham issiq suv parametrlari pasaytiriladi.
9-oktabr kuni tekshiruvlar ToshIEM (M-5) hududida davom etadi. Amir Temur shohko‘chasi, Bobur, Nukus, Glinka, Oybek, Taras Shevchenko, Shahrisabz, Islom Karimov, Sharof Rashidov, Matbuotchilar, Zarafshon, Buxoro, Istiqlol, Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Yahyo G‘ulomov, Xonzoda Begim, Turkiston, Fidokor va Chimkent ko‘chalarida issiq suv bosimi va harorati pasayadi.
Cheklovlar Amir Temur 1-tor ko‘chasi, Mironshoh 7-berk ko‘chasi, Katta Mirobod 1-berk ko‘chasi va Nukus 1-berk ko‘chasini ham qamrab oladi.
Gidravlik sinovlar issiqlik tarmoqlarining mustahkamligi va germetikligini isitish mavsumi boshlanishidan oldin tekshirish uchun o‘tkaziladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
