Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda Al-Xorazmiy ko‘chasining ayrim qismida harakat cheklanadi

Jamiyat 7 oktyabr, 18:13
Toshkentda Al-Xorazmiy ko‘chasining ayrim qismida harakat cheklanadi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy ko‘chasining 700 metrlik qismida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bunga qurilish ishlari sabab bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Cheklovlar uch bosqichda joriy etiladi:

— 7-oktabr soat 22:00 dan 8-oktabr soat 06:00 gacha;

— 8-oktabr soat 22:00 dan 9-oktabr soat 06:00 gacha;

— 9-oktabr soat 15:00 dan 11-oktabr soat 00:00 gacha.

Shu davrda 69 va 77-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgaradi.

69-sonli avtobus Toshkent vokzalidan «Karvon» bozori tomon harakatlanganda Zarğarlik ko‘chasi orqali yuradi. Qaytish yo‘nalishida esa Zarğarlik, Qator-tol-2 va Al-Xorazmiy ko‘chalari orqali harakatlanadi.

77-sonli avtobus har ikki yo‘nalishda Zarğarlik va Qator-tol-2 ko‘chalari orqali qatnaydi.

Qurilish ishlari yakunlangach, avtobuslar avvalgi yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlanadi.

8320

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→