Prezident ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirishni topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Ta’lim va fan vazirligining faoliyatini tashkil etish va ta’lim tizimining barcha bosqichlari oldidagi vazifalarga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.
Yangi vazirlik Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida tashkil etildi. Uning oldiga maktabgacha, maktab, professional va oliy ta’lim o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, shuningdek, ta’limni fan bilan bog‘lash vazifasi qo‘yildi.
Taqdimotda ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish masalasi muhokama qilindi. Professional ta’limda korxonalar bilan hamkorlikda dual ta’limni kengaytirish, o‘quv dasturlari va moddiy-texnik bazani yangilash taklif etildi.
Maktablarda darsliklarni yangilash, o‘quvchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitishni sinovdan o‘tkazish, pedagoglarga metodik yordam ko‘rsatishda sun’iy intellektdan foydalanish ham taklif qilindi.
Oliy ta’limda universitetlarning mustaqilligini kengaytirish va rektorlarning natijalar uchun mas’uliyatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. OTMlarning xorijiy universitetlar va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligini kuchaytirish, talabalar uchun amaliy tayyorgarlikni oshirish taklif etildi.
Ilm-fan yo‘nalishida esa universitetlar, laboratoriyalar va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqildi. Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda ular asosida yangi mahsulot va korxonalar yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Maktabgacha ta’limda bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini erta aniqlash, ta’lim dasturlarini yangilash hamda tarbiyachilar malakasini oshirishga e’tibor qaratildi.
Prezident barcha ta’lim bosqichlari o‘zaro bog‘liq holda ishlashi, ayniqsa, maktab va oliy ta’lim o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Mas’ullarga taqdimotda bildirilgan takliflarni puxta ishlab chiqish topshirildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
