Dok-1 Maksdan jabrlanganlarga 16,7 mlrd so‘m to‘lab berildi

Majburiy ijro byurosi Dok-1 Maks dori vositasidan jabrlanganlarga sud tomonidan belgilangan mablag‘lar to‘lanmayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. Byuro ma’lumotiga ko‘ra, undiruvchilarga hozirgacha 16,7 mlrd so‘m taqsimlangan, qolgan mablag‘larni undirish bo‘yicha ijro harakatlari davom etmoqda.
Sudlarning ijro hujjatlari asosida S. Kariyev va boshqa qarzdorlardan 85 nafar fuqaro foydasiga jami 78 mlrd so‘m zarar undirilishi kerak.
Sud qarorlarini ijro etish doirasida S. Kariyevga tegishli Toshkent shahridagi bir nechta ko‘chmas mulk xatlangan. Ular orasida:
- Chilonzor tumanidagi «1-Qatortol» mahallasi, 3-Tor Qatortol ko‘chasida joylashgan turar joylar;
- «Beshyog‘och» mahallasi, Furqat ko‘chasidagi noturar bino bor.
Mazkur obyektlar onlayn auksionga qo‘yilgan. Furqat ko‘chasidagi noturar bino sotilib, undan 793 mln so‘m undirilgan.
3-Tor Qatortol ko‘chasidagi turar joylar bo‘yicha auksion savdolari davom etmoqda. Ushbu ko‘chmas mulklar 7,1 mlrd so‘mga baholangan.
Auksion savdolaridan tushgan mablag‘lar hamda S. Kariyevning oila a’zolari to‘lagan pullar hisobidan undiruvchilarga jami 16,7 mlrd so‘m teng ulushlarda taqsimlangan. Mablag‘lar «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 80-moddasiga muvofiq taqsimlangani aytilmoqda.
Shu tariqa, sud hujjatlarida belgilangan 78 mlrd so‘mlik zararning qariyb 21,4 foizi undiruvchilarga yetkazilgan. Hozirda S. Kariyev va boshqa qarzdorlardan qolgan 61,3 mlrd so‘mni undirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom etmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
