Raqobat qo‘mitasi onlayn platformalarni murojaatlar soni bo‘yicha reytingladi
Texnologiya 6 oktyabr, 16:50

2026-yilning o‘tgan davrida Raqobat qo‘mitasiga elektron tijorat bo‘yicha 1230 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 704 tasi iste’molchilar foydasiga hal qilindi.
Eng ko‘p murojaat qayd etilgan platformalar:
- Uzum Market — 446 ta;
- Uzum Nasiya — 184 ta;
- Alif Shop — 92 ta;
- Ishonch — 69 ta;
- Yandex xizmatlari — 63 ta.
Uzum Market va Uzum Nasiya jami murojaatlarning 51,2 foizini tashkil etdi. Qo‘mita murojaatlarning qanchasi asosli deb topilganini platformalar kesimida ochiqlamadi.
Tahlil davomida elektron shartnomalar, muddatli to‘lov, yetkazib berish va pulni qaytarish bilan bog‘liq tizimli muammolar aniqlangan. Qo‘mita onlayn platformalar mas’uliyatini kuchaytirish va nizolarni sudgacha raqamli shaklda hal qilishni taklif etdi.
8440
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
→
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi
32·4 noyabr, 14:29

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi
53·4 noyabr, 14:00

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
62·4 noyabr, 13:48

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
66·4 noyabr, 13:04

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
75·4 noyabr, 12:29