Qo‘ng‘irotboy Sharipov va E’zozxon Karimova yangi lavozimlarga tayinlandi

Professor Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda oliygoh axborot xizmati xabar berdi.
U yangi tayinlovga qadar O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Qo‘ng‘irotboy Sharipov ushbu lavozimga 2024-yil fevralida tasdiqlangan edi.
Vazirlik 2026-yil oktabrida amalga oshirilgan ma’muriy islohot doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birlashtirildi. Ularning negizida maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan tizim faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona Ta’lim va fan vazirligi tashkil etildi.
TDIUga qaytish
Qo‘ng‘irotboy Sharipov 1963-yilda Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan. U Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan, texnika fanlari doktori va professor hisoblanadi.
U 2009–2010 va 2017–2019-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga rahbarlik qilgan. 2019-yilda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan, o‘sha yilning noyabridan esa TDIU rektori sifatida faoliyat yuritgan.
Shu tariqa, Qo‘ng‘irotboy Sharipov hukumatdagi faoliyatidan so‘ng avval boshqargan universitetiga qaytdi.
E’zozxon Karimovaga ham yangi lavozim berildi
Maktabgacha va maktab ta’limi sobiq vaziri E’zozxon Gapirjonovna Karimova Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda markazning Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
E’zozxon Karimova 2025-yil 31-iyuldagi prezident farmoni bilan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tasdiqlangan edi. U boshqargan vazirlik ham ta’lim tizimidagi ma’muriy islohot natijasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirildi. Yangi vazirlik ta’lim tashkilotlarining kundalik faoliyati, akkreditatsiya va litsenziyalash jarayonlari uchun javob beradi.
E’zozxon Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan. U 2021–2023-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
