Oʻzbekiston milliy jamoasi bugun Suriyaga qarshi doʻstona oʻyin oʻtkazadi

Bugun, 1-oktabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bahs Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 19:00 da boshlanadi.
Uchrashuv FIFA xalqaro o‘yinlar oynasi doirasida tashkil etilgan. O‘zbekiston terma jamoasiga italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro boshchilik qilmoqda.
Terma jamoa avvalgi o‘yinini 24-sentabr kuni Eronga qarshi o‘tkazib, 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. Mazkur uchrashuvda Eldor Shomurodov ikki marotaba, Husayn Norchayev esa bir bor gol urgan.
Suriya bilan uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 6-oktabr kuni safarda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston terma jamoasining 2027-yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonining bir qismi hisoblanadi. Turnir Saudiya Arabistonida 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgacha o‘tkaziladi. O‘zbekiston B guruhida Avstraliya, Shimoliy Koreya va Iordaniya bilan birga ishtirok etadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
