Yangiliklar/Jamiyat

UzAuto Motors Cobalt va Damas uchun chegirmalarni qaytardi

Jamiyat 30 sentyabr, 10:18
UzAuto Motors Cobalt va Damas uchun chegirmalarni qaytardi

UzAuto Motors AJ Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillari uchun chegirmalar dasturi qayta yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Aksiya 1 oktabr — Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan.

Chegirmali narxlar quyidagicha:

  • Chevrolet Cobalt Style — 146,1 mln so‘m. Avvalgi narxi 156,1 mln so‘m bo‘lib, chegirma 10 mln so‘mni tashkil etadi.
  • Damas — 81,9 mln so‘m. Avvalgi narxi 96,9 mln so‘m, chegirma miqdori 15 mln so‘m.

Aksiya avtomobil qiymatining 100 foizi to‘langan taqdirda amal qiladi. Tijorat banklari orqali amalga oshiriladigan xaridlarga ushbu shartlar tatbiq etilmaydi.

Aksiya doirasidagi avtomobillar soni cheklangan.

1,2130

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→