Toshkentda nazoratchiga qarshilik ko‘rsatgan yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrining Chilonzor tuman sudida jamoat transportida yo‘l haqi nazoratchisiga qarshilik ko‘rsatgan yo‘lovchiga nisbatan ish ko‘rib chiqildi.
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 15-avgust kuni sodir bo‘lgan. «Toshkent shahar yo‘lovchi tashuvlarini monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi nazoratchisi avtobusdan tushayotgan yo‘lovchidan yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlashni so‘ragan.
Vazirlikning bildirishicha, yo‘lovchi turli bahonalar keltirib, nazoratchining talabini bajarmagan va unga qarshilik ko‘rsatgan. Holat nazoratchining videoregistratoriga yozib olingan.
Mazkur ish bo‘yicha sud 24-sentabr kuni qaror chiqarib, yo‘lovchiga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Transport vazirligi nazoratchilar davlat vakili hisoblanishini eslatib, ularga qarshilik ko‘rsatish, tahdid qilish yoki haqoratlash qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 1-sentabrdan O‘zbekistonda avtobuslarda yo‘l haqini transportga kirish vaqtida to‘lash tartibi joriy etilgan. To‘lov amalga oshirilmagan taqdirda yo‘lovchi chiptasiz deb hisoblanadi.
Hozirda chiptasiz yurish uchun jarima miqdori 44 000 so‘mni tashkil etadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
