Ruxsatsiz ko‘p qavatli uy qurganlar uchun jazo kuchaytirildi

Prezident tomonidan imzolangan yangi qonun bilan O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar qurilishi ustidan nazorat kuchaytirildi.
Yangi tartibga ko‘ra, ko‘p qavatli uylar qurilishini boshlashdan avval Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasining ruxsatini olish majburiy bo‘ladi.
Ruxsatsiz qurilish uchun quyidagi jarimalar belgilandi:
- fuqarolar uchun — 400 BHM (176 million so‘m);
- mansabdor shaxslar uchun — 450 BHM (198 million so‘m).
Agar shaxs ma’muriy jazoga tortilgandan keyin yana ruxsatsiz ko‘p qavatli uy qurishni davom ettirsa, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Bunday holatda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.
Shuningdek, qurilish va shaharsozlik qoidalarining buzilishi odamlar o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, javobgarlik yanada qat’iylashadi. Bunday holatlar uchun 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Qonun bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasining vakolatlari ham kengaytirildi. Endilikda inspeksiya:
- binolarning seysmik xavfsizlik talablariga mosligini nazorat qiladi;
- obyektlarning seysmik zaifligini baholashda ishtirok etadi;
- texnik ko‘rik va mustahkamlash ishlarini nazorat qiladi;
- yangi va mavjud binolarning zilzilabardoshligini oshirish choralarini ko‘radi.
Bundan tashqari, seysmik faol hududlarda quriladigan ko‘p qavatli uylar uchun elektron texnik pasportlar joriy etiladi. Ushbu hujjatlar binoning texnik holati va seysmik barqarorligini baholashga xizmat qiladi.
Qonunda yana bir yangi tushuncha — “master-plan” ham mustahkamlandi. U hududlarni rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy yechimlarni o‘zida jamlagan kompleks hujjat sifatida talqin qilinadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tib, ya’ni 2026-yil dekabr oyining oxirida kuchga kiradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
