Ishlamaydigan oila a’zolari uchun ham pensiya staji hisoblanishi mumkin

2027-yil 1-yanvardan rasmiy daromadga ega fuqarolar ishlamaydigan oila a’zolari uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin bo‘ladi. Bu ularga pensiya uchun ish staji hisoblanishiga imkon beradi.
Har oylik to‘lov mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 12 foizini tashkil etadi. Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 163 200 so‘mga teng.
2026-yil 1-oktabrdan esa fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlayotgan shaxslarga o‘zini o‘zi band qilganlar uchun belgilangan miqdorda ijtimoiy soliq to‘lansa, bir yillik ish staji avtomatik ravishda yoziladi.
Shuningdek, pensiya xizmatlarini raqamlashtirish davom ettiriladi. 2026-yil 1-noyabrdan ayrim ishsiz fuqarolarga yoshga doir pensiya avtomatik tayinlanadi, 2027-yildan esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun alohida murojaat talab qilinmaydi. Bundan tashqari, imtiyozli pensiya tayinlash, pensiya turini o‘zgartirish va ayrim boshqa xizmatlardan onlayn foydalanish imkoniyati kengaytiriladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
