O‘zbekistonda “Pensiya” mobil ilovasi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda “Pensiya” nomli yangi mobil ilova ishga tushiriladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi direktori Murodbek Otajonov matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha Pensiya jamg‘armasining axborot texnologiyalariga oid eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ilovani joriy yilning oktabr oyida taqdim etish rejalashtirilgan.
Yangi ilova fuqarolarga pensiya tizimiga oid bir qator xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkonini beradi. Xususan, foydalanuvchilar:
- ish stajini tekshirishi;
- daromadlari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishi;
- ish beruvchi tomonidan qancha ijtimoiy soliq to‘langanini aniqlashi;
- kelajakdagi pensiya miqdorini hisoblab chiqishi;
- pensiyaning jamg‘arib boriladigan qismi mablag‘larini boshqarishi mumkin bo‘ladi.
Murodbek Otajonovning ta’kidlashicha, bugungi kunda ko‘plab fuqarolar ish beruvchi ular uchun qancha ijtimoiy soliq to‘layotgani yoki kelajakda qancha pensiya olishi mumkinligi haqida yetarli ma’lumotga ega emas. “Pensiya” ilovasi aynan shu savollarga javob berishga xizmat qiladi.
Avvalroq muhokamaga qo‘yilgan pensiya tizimini isloh qilish loyihasida ham mazkur ilovani yaratish ko‘zda tutilgan edi. Hujjatga ko‘ra, ilovani 2027-yil aprel oyida to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
