Yangiliklar/Siyosat

MY.SUD.UZ portalida “Taqiqlangan kanallar” xizmati ishga tushirildi

Siyosat 27 sentyabr, 17:25
MY.SUD.UZ portalida “Taqiqlangan kanallar” xizmati ishga tushirildi

MY.SUD.UZ portalida “Taqiqlangan kanallar” nomli yangi xizmat ishga tushirildi.

Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan diniy ekstremizm, terrorizm va diniy aqidaparastlik g‘oyalarini o‘z ichiga olgan deb topilgan internet manbalari hamda mamlakat hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Yangi servis yordamida foydalanuvchilar:

  • taqiqlangan manba va kanallarni qidirishi;
  • ularning turli internet platformalaridagi sahifalarini ko‘rishi;
  • tegishli manbalar va kontent haqida ma’lumot olishi;
  • taqiqlangan kanallar ro‘yxatini qulay shaklda ko‘rishi mumkin.
4810

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→