O‘zbekistonda elektromobillar soni 122 mingdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 122,7 mingta elektromobil ro‘yxatdan o‘tgan.
Ikkinchi chorak davomida elektromobillar soni 12,4 foizga oshgan. Taqqoslash uchun, 1-aprel holatida mamlakatda 109,2 mingta elektromobil mavjud edi.
Yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, elektromobillarning jismoniy shaxslar avtotransport vositalari parkidagi ulushi 2,46 foizni tashkil etdi. Mamlakatda jami 4,98 millionga yaqin transport vositasi ro‘yxatdan o‘tgan.
Eng ko‘p elektromobil Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda ularning soni 88,5 mingtaga yetgan bo‘lib, bu mamlakatdagi barcha elektromobillarning qariyb 72 foizini tashkil qiladi.
Ikkinchi chorakda eng yuqori o‘sish sur’atlari:
- Qoraqalpog‘istonda — 37,3%;
- Surxondaryo viloyatida — 36,2%;
- Jizzax viloyatida — 35,6%;
- Navoiy viloyatida — 26,8% kuzatildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
