Yangiliklar/Siyosat

Markaziy bank Samarqanddagi Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqaradi

Siyosat 23 sentyabr, 18:40
Markaziy bank Samarqanddagi Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqaradi

O‘zbekiston Markaziy banki Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasi sharafiga oltin va kumush esdalik tangalarni muomalaga chiqaradi.

Tangalar “Ikki tanga — bir Registon” konsepsiyasi asosida yaratilgan. Oltin va kumush tangalar yonma-yon joylashtirilganda Registon maydonining peshtoqi yagona kompozitsiya sifatida namoyon bo‘ladi.

Dizaynda milliy naqshlar, shaxmat donalari va Samarqanddagi Tillakori madrasasi me’moriy elementlari aks ettirilgan.

Oltin tangada “46-Jahon shaxmat olimpiadasi Samarqand-2026”, kumush tangada esa “46th FIDE Chess Olympiad Samarkand-2026” yozuvi tushirilgan. Tangalar reversida FIDE logotipi, Markaziy bank nomi va nominal qiymati ko‘rsatiladi.

Esdalik tangalar 999,9 probali oltin va kumushdan zarb etiladi. Har bir tanganing og‘irligi 31,1 gramm, nominal qiymati esa 100 ming so‘mni tashkil etadi.

Dastlabki bosqichda 100 dona oltin va 500 dona kumush tanga chiqariladi. Keyingi emissiya hajmi bozor talabi va kolleksionerlar qiziqishidan kelib chiqib belgilanadi.

7640

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→