Andijonda sun’iy intellektli trikotaj ishlab chiqarish va kichik GES uskunalari loyihalari taqdim etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanida joylashgan “Eco Cotton” trikotaj korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Qiymati 10 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida 1 mingta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Korxona mahalliy xomashyodan tayyorlangan trikotaj mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarga yetkazib bermoqda. To‘liq quvvatda ishlaganda korxona davlat budjetiga yiliga 25 milliard so‘m tushum keltirishi kutilmoqda.

Korxonada dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yoshlar nazariy bilimlarni amaliyot bilan birga o‘zlashtirmoqda.
Ishlab chiqarish jarayoni zamonaviy avtomatlashtirilgan uskunalar orqali boshqariladi. Bu yerda sun’iy intellekt yordamida ishlovchi tikuv mashinalari o‘rnatilgan bo‘lib, ular mato turiga qarab tikuv parametrlarini avtomatik sozlaydi va mahsulot sifatini nazorat qiladi. Shuningdek, korxonada gumanoid robotlar sinov tariqasida qo‘llanilmoqda.

Korxona yiliga 9,4 million dona trikotaj mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlar Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ruminiya va Moldova bozorlariga eksport qilinmoqda. Yillik eksport salohiyati 10,5 million dollarni tashkil etadi.
Prezidentga yoshlarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.

Shuningdek, davlat rahbari “Andijon Jinlun yangi energiya” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan kichik gidroelektr stansiyalar uchun uskunalar ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

To‘liq xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning qiymati 20 million dollarni tashkil etadi. Korxona 2027-yilda to‘liq quvvat bilan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida yiliga 100 ta kichik GES majmuasi, mikrogidroenergetika uskunalari va elektr jihozlari ishlab chiqariladi. Korxonada 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Mahsulotlarni Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qilish, eksport hajmini yiliga 3 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida Andijon viloyatida qator mikro GESlarni qurish ham rejalashtirilgan. Bu hudud aholisini va korxonalarni arzon hamda ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
