Toshkent metrosida yangi rekord: bir kunda 1,18 milliondan ortiq yo‘lovchi tashildi

Toshkent metropolitenida bir kunlik yo‘lovchilar soni bo‘yicha navbatdagi rekord qayd etildi. 2026-yil 21-sentabr kuni metro xizmatlaridan jami 1 181 581 nafar yo‘lovchi foydalandi. Bu avvalgi rekord natijadan 16 031 nafarga ko‘p.
Bungacha eng yuqori ko‘rsatkich 2026-yil 14-sentabrda qayd etilgandi. O‘shanda Toshkent metrosi 1 165 550 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan edi. Metropoliten mutaxassislari tomonidan olib borilgan monitoring va tahlillar yo‘lovchilar soni izchil ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Mavjud tendensiyadan kelib chiqib, oktabr oyida Toshkent metrosining bir kunlik yo‘lovchilari soni 1,2 million nafarga yetishi prognoz qilinmoqda. Shu munosabat bilan metropoliten ma’muriyati 1 200 000-yo‘lovchini alohida aniqlab, unga maxsus sovg‘a yoki imtiyoz taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, 2026-yilda xarid qilinishi rejalashtirilgan 14 ta zamonaviy poyezd tarkibining barchasi Toshkent metropoliteniga yetkazib berilgan. Yangi poyezdlar yo‘lovchilarga yanada qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish, shuningdek, tobora ortib borayotgan yo‘lovchilar oqimiga moslashish maqsadida foydalanilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
