Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda bank xodimlari mijoz omonatidan 300 ming dollarni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda

Jamiyat 21 sentyabr, 11:38
Toshkentda bank xodimlari mijoz omonatidan 300 ming dollarni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanida Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaroning bank hisobvarag‘idan pul mablag‘lari o‘zlashtirilgani holatini aniqladi.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, tijorat banklaridan birining mas’ul xodimlari mijoz nomidan soxta ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirgan. Shundan so‘ng uning bank omonatida saqlanayotgan 500 ming dollardan 300 ming dollarni o‘zlashtirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

5070

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→