Qozog‘istonda grafitiga qarshi qat’iy choralar ko‘riladi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Ostona shahri hokimiga jamoat binolari devorlariga ruxsatsiz chizmalar va yozuvlar tushirish holatlariga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Davlat rahbari grafitining ayrim ko‘rinishlari shahar qiyofasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, bunday harakatlarni vandalizm va bezorilik sifatida baholash zarurligini aytdi.
Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston shaharlarida grafiti bilan bog‘liq holatlarning oldini olish uchun qonunchilik doirasida qo‘shimcha tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish kerak.
Prezident, ayniqsa, jamoat binolari va infratuzilma obyektlari devorlariga zarar yetkazishga urinishlarga nisbatan murosasiz yondashuv bo‘lishi lozimligini qayd etdi.
Ayni paytda yangi cheklovlar yoki javobgarlik choralari qanday shaklda bo‘lishi haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Tegishli o‘zgartirishlar qonunchilik tashabbuslari muhokama qilingach e’lon qilinishi kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
