O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya muassasalariga pulli xizmat ko‘rsatish va mahsulot sotishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi muassasalarning moliyaviy mustaqilligini oshirishga qaratilgan yangi tartib joriy etildi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 493-son qarori bilan muassasalarda byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish imkoniyatlari kengaytirildi.
Yangi tartibga ko‘ra, mazkur muassasalar pulli xizmatlar ko‘rsatishi, mahsulot ishlab chiqarishi va sotishi, shuningdek o‘z tasarrufidagi ayrim mol-mulk obyektlarini ijaraga berishi mumkin bo‘ladi. Ushbu faoliyatdan tushgan mablag‘lar muassasalarning rivojlantirish jamg‘armalariga yo‘naltiriladi.
Pulli xizmatlar qatoridan reabilitatsiya, tibbiy diagnostika, davolash, parvarishlash, defektolog va psixolog xizmatlari o‘rin olishi mumkin. Shu bilan birga, davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlarni pulli asosda ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muassasa xodimlarini majburiy ravishda pulli xizmatlarga jalb qilish ham taqiqlanadi.
Qarorga muvofiq, muassasalardagi tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar va doimiy yashovchi fuqarolar hunarmandchilik buyumlari, badiiy-amaliy san’at mahsulotlari, gul va ko‘chatlar, oziq-ovqat hamda qandolat mahsulotlari tayyorlashi, shuningdek kompyuter xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
Agar mahsulot xizmat oluvchining o‘z xomashyosi hisobidan tayyorlangan bo‘lsa, uni sotishdan tushgan mablag‘ning vositachilik haqidan tashqari qismi bevosita uning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Vositachilik haqi mahsulot narxining 25 foizidan oshmasligi kerak.
Yana bir muhim yangilik sifatida muassasalarning bo‘sh turgan bino va inshootlari hamda boshqa davlat mulki obyektlarini tadbirkorlarga ijaraga berish imkoniyati yaratilmoqda. Ushbu obyektlardan ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi, kasbga o‘qitish va pulli xizmatlar ko‘rsatish maqsadlarida foydalanish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, pulli xizmatlar va mahsulot savdosidan tushadigan mablag‘lar hisobidan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish mexanizmi ham joriy etiladi. Ayrim xodimlarga lavozim maoshining 300 foizigacha ustama, yuqori natija ko‘rsatganlarga esa har chorakda maoshining besh baravarigacha mukofot puli berilishi mumkin.
Shuningdek, davlat buyurtmachilari ushbu muassasalarda tayyorlangan mahsulotlarni bir moliyaviy yil davomida bazaviy hisoblash miqdorining 1 500 baravarigacha bo‘lgan summada to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
