Toshkent viloyatida suv va kanalizatsiya tariflari oshiriladi

1-oktabrdan Toshkent viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar kuchga kiradi. Tegishli qaror viloyat xalq deputatlari kengashi tomonidan qabul qilindi.
Yangi tariflarga ko‘ra, aholi uchun ichimlik suvining bir kub metri narxi QQSsiz 2600 so‘mdan 3100 so‘mga oshiriladi. Oqova suv (kanalizatsiya) xizmati uchun tarif esa 1300 so‘mdan 1500 so‘mga ko‘tariladi.
Byudjet va tijorat tashkilotlari uchun ichimlik suvi tarifi 15 ming so‘mdan 16 ming so‘mga oshiriladi. Kanalizatsiya xizmati narxi esa 3000 so‘mdan 4000 so‘mga yetadi.
Shunday qilib, aholi uchun suv ta’minoti tarifi qariyb 19 foizga, kanalizatsiya xizmati esa 15 foizga qimmatlashadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida suv va kanalizatsiya tariflari oxirgi marta 2025-yil yozida oshirilgan edi. O‘shanda aholi uchun sovuq suv narxi 30 foizga, byudjet tashkilotlari uchun esa 60 foizga ko‘tarilgandi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
