Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga tashrifini xotira marosimi va Li Chje Myon bilan muzokaralardan boshladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi Seuldagi Milliy memorial majmuaga tashrif bilan boshlandi. Davlat rahbari turmush o‘rtog‘i bilan birga Xotira monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi va Faxriy mehmonlar kitobiga qayd yozdi.

14-sentabr kuni Chxon Va De prezident qarorgohida O‘zbekiston yetakchisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev va uning turmush o‘rtog‘ini Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon va uning turmush o‘rtog‘i kutib oldi.

Yuksak mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul safi ko‘zdan kechirilgach, prezidentlar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

So‘ng Shavkat Mirziyoyev Chxon Va De saroyining Faxriy mehmonlar kitobiga qayd yozdi.

Birgalikda suratga tushgach, O‘zbekiston va Janubiy Koreya yetakchilari oliy darajadagi muzokaralarga kirishdilar.

Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
