Yangiliklar/Reklama

Samsung Galaxy S26 FE’ni taqdim etdi

Reklama 14 sentyabr, 17:16
Samsung Galaxy S26 FE’ni taqdim etdi

Samsung Electronics Galaxy S26 FE – Galaxy S flagmanlar seriyasining asosiy imkoniyatlari jamlangan smartfonni taqdim etdi. Bu Galaxy S26 liniyasining yangi qurilmasi hamda Android 17 asosidagi One UI 9’da ishlaydigan seriyadagi ilk smartfon.

«Galaxy S26 FE Galaxy S seriyasining muhim afzalliklarini inobatga olgan holda yaratilgan, shunda uning har bir funksiyasi foydalanuvchilarning kundalik hayotida haqiqiy foyda keltiradi», – deya ta’kidladi Samsung Electronics mobil bo‘linmasi (MX) foydalanuvchi tajribasi bo‘limi rahbari, ijrochi vitse-prezident Jey Kim.

Kundalik sur'atga olish uchun kamera

Asosiy uch kamerali tizim optik stabilizatsiyaga ega 50 MP keng burchakli modul, 12 MP ultra keng burchakli modul va 3 karra optik zumga ega 8 MP teleobyektivdan iborat. Old kamera esa 12 MP.

Avtomatik markazlashtirish funksiyasi videoga olish vaqtida insonni kadr markazida ushlab turadi, gorizontal blokirovkaga ega stabilizatsiya esa harakat paytida ham videoning ravon chiqishiga yordam beradi. Kam yorug‘lik sharoitida suratga olish uchun tungi rejim mavjud. Smartfon 8K formatida video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kundalik ssenariylarda Galaxy AI

«Mening kunim» vidjeti dolzarb ma’lumotlarni bitta joyga jamlaydi – jadvaldan tortib eslatmalargacha. AI-maslahatlar mos vaqtda kerakli ilovalar va amallarni, jumladan uchinchi tomon servislarida ham, taklif qiladi.

«Aylantirib belgilang va toping» funksiyasi tasvirdagi bir nechta obyektni bir vaqtning o‘zida taniydi, «Fotosuratlar bo‘yicha assistent» esa maxsus ko‘nikmalarsiz suratlarni tahrirlashga yordam beradi.

Displey va unumdorlik

Galaxy S26 FE 120 Gts yangilanish chastotasi va 1900 nitgacha cho‘qqi yorqinlikka ega 6,7 dyuymli Dynamic AMOLED 2X ekran bilan jihozlangan. Unumdorlik uchun Exynos 2 500 protsessori va 8 GB operativ xotira javob beradi.

Avtonomlik va quvvatlash

Sig‘imi 4 900 mA·soat bo‘lgan akkumulyator 45 Vt quvvatli simli va 15 Vt quvvatli simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. 30 daqiqada smartfon taxminan 69% gacha quvvatlanadi. Video ijro etishning e’lon qilingan vaqti – 29 soatgacha.

Uzoq xizmat muddati

Samsung Galaxy S26 FE uchun operatsion tizimning yetti avlod yangilanishini va yetti yilgacha xavfsizlik yangilanishlarini taqdim etadi. Korpus IP68 himoya darajasiga ega, ekran Corning Gorilla Glass Victus+ oynasi bilan himoyalangan, ramka esa alyuminiydan tayyorlangan.

Mavjudligi

Galaxy S26 FE uch rangda taqdim etildi : pista rang, grafit rang va to‘q ko‘k. 128, 256 va 512 GB ichki xotirali versiyalar mavjud. Batafsil ma’lumot – samsung.com saytidа.

1,8610

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→