Yangiliklar/Siyosat

Fuqarolar murojaatlari boʻyicha 151 nafar mansabdor va davlat organlari xodimi ishdan boʻshatildi

Siyosat 14 sentyabr, 21:38
Fuqarolar murojaatlari boʻyicha 151 nafar mansabdor va davlat organlari xodimi ishdan boʻshatildi

2026-yil yanvardan avgustgacha Prezidentning Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, 151 kishi lavozimidan ozod qilindi. Yana yuzlab xodimlarga intizomiy jazo choralari va ogohlantirishlar qo‘llanildi.

Prezidentning Xalq qabulxonalarida ma’lum qilishlaricha, sakkiz oy davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonida aniqlangan kamchiliklar munosabati bilan ta’sir choralarini ko‘rish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga 5 486 ta hujjat yo‘naltirilgan.

Ularni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra:

  • 151 kishi egallab turgan lavozimidan ozod qilindi;
  • 833 nafar xodimga hayfsan e’lon qilindi;
  • 150 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi;
  • 1 335 kishi rasmiy ogohlantirish oldi.

Intizomiy choralar ko‘rishdan tashqari, fuqarolar murojaatlari eng ko‘p tushadigan tashkilotlarda amaliy o‘quv seminarlari tashkil etildi. Bunday tadbirlar taxminan o‘nta idorada va tashkilotda o‘tkazildi.

Xalq qabulxonalarida ijro intizomi va fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish sifatini nazorat qilish davom ettirilishi ta’kidlandi.

9380

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→