Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev ROX Group asoschisini qabul qildi

Siyosat 11 sentyabr, 12:51
Shavkat Mirziyoyev ROX Group asoschisini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr kuni Vyetnamning ROX Group investitsiya guruhi asoschisi An Tuan Channi qabul qildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekistonda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

ROX Group 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Vyetnamdagi yirik ko‘p tarmoqli investitsiya guruhlaridan biri sanaladi. Kompaniya ko‘chmas mulk, energetika, bank sohasi, mehmonxona biznesi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.

Uchrashuv yakunida ROX Group ishtirokidagi amaldagi va yangi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olindi.

4090

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→