Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Suhbat davomida sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishida yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqalarini bog‘lovchi logistika hamda transport yo‘laklarini rivojlantirish o‘zaro aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Davlat rahbari mintaqaviy barqarorlik va izchil taraqqiyot uchun muhim omil sifatida Tinchlik shartnomasini imkon qadar tezroq imzolashga qaratilgan sa’y-harakatlarni yuqori baholadi. Tomonlar, shuningdek, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning bo‘lajak tadbirlarini, jumladan, BMT va MDH doirasidagi uchrashuvlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
