O‘zbekiston davlat bayrog‘i haqidagi ilk badiiy filmning bir qismi AQShda sur’atga olinadi

AQShdagi Vatan Global Alliance o‘zbek diasporasi tashkiloti raisi Ozoda Soliyeva, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov hamda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ijrochi direktori Zafar Yuldashev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘zbek filmlari va multfilmlarini AQShda namoyish etish, shuningdek, xorijdagi o‘zbek bolalari uchun madaniy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan ilk badiiy film — “Bayroq ko‘targan qiz” ning asosiy qismini AQShda sur’atga olish masalasi ko‘rib chiqildi. Loyihada AQShdagi o‘zbek diasporasi vakillarini jalb etish rejalashtirilmoqda.
Uchrashuv yakunida milliy kontentni xalqaro maydonda targ‘ib qilish hamda xorijda yashayotgan o‘zbek bolalarini milliy qadriyatlarga yanada yaqinlashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
