Yerda G1 darajasidagi magnit bo‘roni kuzatilmoqda

Hozirda Yerning magnit maydoni beqaror holatda bo‘lib, geomagnit faollik G1 darajasiga yetgan. Bu kuchsiz magnit bo‘roniga mos keladi. Geomagnit bo‘ronlar shkalasi G1 dan G5 gacha bo‘lgan besh darajani o‘z ichiga oladi.
Mutaxassislar Yer tomon harakatlanayotgan Quyosh plazmasining ikki oqimi haqida ma’lum qilgan. Prognozlarga ko‘ra, ular 8 va 9-sentabr kunlari Yerga yetib kelishi mumkin. Shundan so‘ng geomagnit faollik yana kuchayishi ehtimoli bor.
Keyingi magnit maydoni o‘zgarishlarining kuchi kuchsizdan o‘rtacha darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Bunday geomagnit hodisalar Quyoshdan ajralib chiqqan zaryadlangan zarrachalar oqimi Yerning magnit maydoni bilan o‘zaro ta’sirlashganda yuzaga keladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
