Qozog‘iston va Xitoy haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan oladi

Dunyo 8 sentyabr, 12:20
Qozog‘iston va Xitoy haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan oladi

Qozog‘iston va Xitoy milliy haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish va almashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Yerjan Sadenovning 7-sentabr kuni Pekinga amalga oshirgan xizmat safari doirasida, “Markaziy Osiyo — Xitoy” formatidagi vazirlar uchrashuvida imzolandi.

Kelishuv kuchga kirgach, Qozog‘iston haydovchilik guvohnomalari Xitoyda, Xitoyniki esa Qozog‘istonda tan olinadi. Guvohnomalarni qayta o‘qish va imtihon topshirmasdan almashtirish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, qabul qiluvchi davlatning yoshga doir talablar, tibbiy ko‘rik va hujjatlar bo‘yicha qoidalari saqlanib qoladi.

Muhim jihat shundaki, kelishuv hali kuchga kirmagan. Tegishli qaror loyihasi 26-avgust kuni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Yangi mexanizm qachondan ishga tushishi hozircha rasman e’lon qilinmagan.

Hozirda Qozog‘iston fuqarolari Xitoyda avtomobilni mustaqil boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasining xitoy tilidagi tarjimasi asosida vaqtinchalik xitoylik haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishi kerak. Bu Qozog‘iston uchun shu turdagi ikkinchi xalqaro kelishuv hisoblanadi. Birinchi kelishuv BAA bilan imzolangan bo‘lib, u 2026-yil 25-iyunda imzolangan va 2026-yil 25-iyulda kuchga kirgan.

2,3150

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→