O‘zbekistonda 28 turdagi dori elektron retsept asosida bepul beriladi

O‘zbekistonda reimbursatsiya dasturi amal qiladi. Unga ko‘ra, 12 turdagi kasallikni davolash uchun mo‘ljallangan 28 nomdagi dori vositasi aholiga bepul beriladi. Dori-darmonlar qiymati Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan dorixonalarga qoplanadi.
Bepul dori vositalarini qanday olish mumkin:
- Oilaviy shifokorga murojaat qilish.
- Klinik protokollar asosida tekshiruvdan o‘tish.
- Tashxis tasdiqlansa, shifokor elektron retsept rasmiylashtiradi.
- Retsept berilganidan keyin 7 kun ichida Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan dorixonadan dori vositalarini olish.
Agar bemor 7 kun ichida dorixonaga murojaat qilmasa, retseptni qayta rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi. Dori vositalari shifokor tavsiyasiga ko‘ra, odatda 30 kun davomida qabul qilinadi. Bemor sog‘aygani tasdiqlansa, u dispanser nazoratidan chiqariladi.
Yotib davolanayotgan yoki harakatlanishi cheklangan bemorlar uchun tibbiy brigada uyga boradi. Bunday hollarda dori vositalarini oila a’zosi yoki patronaj hamshirasi olib keladi. Bepul dori vositalarini har oy olish mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
