Toshkentda maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati o‘rganilmoqda

Toshkentda o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi va maktab avtobuslariga ehtiyoj bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, shaharda maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Ota-onalardan quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatish so‘ralmoqda:
- farzandining yashash joyi;
- o‘qiydigan maktabi va sinfi;
- maktabga chiqish vaqti;
- hozirda foydalanadigan transport turi;
- maktab avtobusiga ehtiyoj bor-yo‘qligi.
Agar oilada bir nechta maktab o‘quvchisi bo‘lsa, ma’lumotlar har bir farzand uchun alohida kiritiladi. So‘rovnoma natijalari maktab avtobuslariga bo‘lgan real ehtiyojni aniqlash, shuningdek, ularning yo‘nalishlarini rejalashtirish imkonini beradi.
Shaxsiy ma’lumotlar yig‘ilmaydi. Olingan ma’lumotlardan faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilish uchun foydalaniladi.
So‘rovnomada Telegram-bot orqali ishtirok etish mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
