Murojaatlarni nazorat qilish uchun yangi raqamli xizmat ishga tushirildi
Jamiyat 6 sentyabr, 19:37

Prezident virtual qabulxonasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari bo‘yicha yangi qayta aloqa tizimini ishga tushirdi.
Murojaat ko‘rib chiqilgach, pm.gov.uz saytida ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Xabarda shaxsiy kabinetga o‘tish uchun havola taqdim etiladi.
Shaxsiy kabinet orqali fuqaro:
- murojaat natijasi bilan tanishishi;
- uning ko‘rib chiqilish holatini kuzatishi;
- berilgan javobni baholashi;
- javobdan norozi bo‘lsa, murojaatni qayta ko‘rib chiqishga yuborishi mumkin.
Agar fuqaro berilgan javobdan rozi bo‘lsa, “Roziman” tugmasini tanlaydi. Javob uni qoniqtirmagan taqdirda esa “E’tirozim bor” tugmasi orqali murojaatni qayta ijroga yuborish mumkin.
9110
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
→
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi
7·4 noyabr, 15:01

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi
39·4 noyabr, 14:29

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi
64·4 noyabr, 14:00

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
71·4 noyabr, 13:48

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
76·4 noyabr, 13:04