Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda yarim marafon sabab 6-sentabr kuni 48 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgaradi

Jamiyat 4 sentyabr, 12:00
Toshkentda yarim marafon sabab 6-sentabr kuni 48 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgaradi

6-sentabr, yakshanba kuni Toshkent shahrida xalqaro yarim marafon o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan soat 05:00 dan 14:00 gacha shaharning markaziy ko‘chalarida barcha turdagi transport vositalari, jumladan, jamoat transporti harakati vaqtincha cheklanadi.

Shu sababli 48 ta avtobus yo‘nalishining harakat sxemasi vaqtincha o‘zgartiriladi.

O‘zgarishlar quyidagi avtobus yo‘nalishlariga taalluqli: №1, 2, 13, 17, 18, 21, 22, 23, 24, 26, 28, 29, 35, 37, 38, 44, 46, 51, 53, 55, 57, 58, 60, 64, 65, 67, 68, 72, 80, 81, 83, 88, 89, 91, 93, 97, 98, 100, 115, 123, 127, 140, 141, 150, 152, 196, 197 va 199.

Avtobuslar yarim marafon trassasi transport uchun yopiq bo‘lgan vaqt davomida muqobil ko‘chalar orqali harakatlanadi.

Yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelishi mumkinligi sababli avtobuslarning harakatlanish oralig‘i va bekatlarga yetib kelish vaqti o‘zgarishi ehtimoli bor.

4,3680

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→