Yangiliklar/Jamiyat

Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari superkontrakt boʻyicha qabulni boshladi

Jamiyat 4 sentyabr, 16:00
Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari superkontrakt boʻyicha qabulni boshladi

O‘zbekistonda 2026/2027-o‘quv yili uchun super-kontrakt asosida o‘qishga arizalar qabuli boshlandi. Ariza topshirish kontrakt.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Hozirda bunday imkoniyat 10 dan ortiq davlat oliy ta’lim muassasalarida mavjud.

Platforma orqali abituriyentlar o‘qish narxlarini bilishi va darhol ariza yuborishi mumkin. Oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishiga qarab, yangi o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdori 22,2 mln so‘mdan 269,9 mln so‘mgacha etib belgilangan. Ariza topshirish uchun tizimda ro‘yxatdan o‘tish, shaxsiy ma’lumotlarni kiritish va tanlangan OTMni ko‘rsatish lozim. Shuningdek, platformada qaysi universitetlarda ushbu shakl bo‘yicha qabul boshlanganini ham ko‘rish mumkin.

Toshkent davlat yuridik universiteti ham super-kontrakt asosida o‘qish uchun arizalar qabul qilishni boshladi. Arizalar kontrakt.edu.uz portali orqali qabul qilinmoqda. Universitet ma’lumotiga ko‘ra, super-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadigan talabalar soniga cheklov qo‘yilmagan.

Hozirda super-kontrakt miqdorini har bir OTM mustaqil ravishda belgilaydi. Bunda to‘lov miqdori tegishli ta’lim yo‘nalishidagi bazaviy kontrakt narxining uch baravaridan kam bo‘lishi mumkin emas.

Bunday tartib asosida o‘qishga kirish uchun abituriyent davlat tomonidan belgilangan minimal o‘tish balini to‘plagan bo‘lishi kerak. O‘qish narxi esa abituriyentning bali tanlangan yo‘nalishdagi o‘tish balidan qanchalik farq qilishiga qarab belgilanadi.

2,2270

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→