Oʻzbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov Qohirada xalqaro fatvo mukofoti bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov “Fatvo sohasidagi ulkan xizmatlari uchun” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimi Qohirada “Oila va fatvo institutlari global dunyo oʻzgarishlari sharoitida” xalqaro konferensiyasining ochilishida boʻlib oʻtdi. Misr Prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiyning shaxsiy homiyligida dunyodagi Fatvo boʻlimlari va tashkilotlari Bosh kotibiyati tomonidan tashkil etilgan.
Mukofotni Misr bosh muftiysi professor Nazir Muhammad Ayid, Misr vaqf ishlari vaziri doktor Usama Al-Azhariy va Xalqaro islom fiqhi akademiyasi bosh kotibi doktor Qutub Mustafo Sano topshirdi. Marosimda turli mamlakatlardan 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Anjuman ishtirokchilariga Oʻzbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, muftiylik faoliyatiga oid maxsus videorolik namoyish etildi.
Mukofot buyuk alloma-faqih Imom Shihobuddin al-Qarofiy (1228–1285) sharafiga nomlangan boʻlib, islomda moʻtadillik tamoyillarini targʻib qiluvchi va islom huquqiy tafakkuri rivojiga hissa qoʻshayotgan olimlarga beriladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
