Oʻquv yili boshlangan kuni Toshkent yoʻllarida avtomobillar soni 30 foizga oshdi

2026/2027 o‘quv yilining ilk kuni bo‘lgan 2-sentabrda Toshkent ko‘chalarida transport harakati intensivligi odatiy ish kuniga nisbatan 30 foizga oshdi.
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lumotiga ko‘ra, avtomobillar soni keskin ko‘payganiga qaramay, poytaxtdagi yo‘llarning o‘rtacha yuklanish darajasi 6 ballni tashkil etdi. Ayrim hududlarda harakat sekinlashgani kuzatilgan bo‘lsa-da, tirbandliklarning keskin ortishi qayd etilmadi.
Asosiy yuklama maktablar joylashgan hududlar hamda yirik shahar magistrallariga to‘g‘ri keldi. Yo‘l harakati holatini nazorat qilish uchun shahardagi asosiy tartibga solinadigan chorrahalarga ulangan YHTTMning Situatsion markazi ishga jalb qilindi.
Mutaxassislar real vaqt rejimida transport oqimi, chorrahalardagi navbatlar va svetoforlar faoliyatini kuzatib bordi. Zarurat tug‘ilganda svetoforlarning ishlash fazalari o‘zgartirildi, eng yuklangan yo‘nalishlarda yashil chiroq vaqti uzaytirildi hamda qo‘shni chorrahalar faoliyati o‘zaro muvofiqlashtirildi.
Agar harakatdagi qiyinchiliklarga yo‘l-transport hodisasi, yo‘l ta’mirlash ishlari yoki yo‘lda to‘xtab qolgan transport vositasi sabab bo‘lgan bo‘lsa, ma’lumotlar zudlik bilan YHXB xodimlariga yuborilib, joyida tegishli choralar ko‘rildi.
YHTTMda ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda ham yo‘l harakati kuchaytirilgan tartibda monitoring qilinadi. Oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va texnikumlarda mashg‘ulotlar boshlanishi bilan transport yuklamasi yanada ortishi kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
