Yangiliklar/Jamiyat

6-sentabr kuni yarim marafon munosabati bilan Toshkent markazida 12 ta koʻchasi vaqtincha yopiladi

Jamiyat 2 sentyabr, 19:09
6-sentabr kuni yarim marafon munosabati bilan Toshkent markazida 12 ta koʻchasi vaqtincha yopiladi

6-sentabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston Mustaqilligi kuniga bagʻishlangan xalqaro yarim marafon boʻlib oʻtadi. Shu munosabat bilan poytaxt markazida soat 05:00 dan 14:00 ga qadar 12 ta koʻcha yopilgan holda alohida harakat rejimi joriy etiladi.

Cheklovlar quyidagi yoʻnalishlarga ta’sir qiladi:

  • Islom Karimov koʻchasi (Furqatdan Sharof Rashidov shoh koʻchasigacha),
  • Sharof Rashidov shoh koʻchasi (Afrosiyobdan Islom Karimovgacha),
  • Afrosiyob va Oybek koʻchalari (Nukusgacha),
  • Nukus va Abdulla Qodiriy koʻchalari (Hamidulla Oripovga),
  • Hamidulla Oripov koʻchasi va Mustaqillik shoh koʻchasi (Amir Temur maydonigacha),
  • Amir Temur maydoni atrofidagi halqa (shu jumladan, Buxoro va Shahrisabz koʻchalarigacha boʻlgan qismlar),
  • Alisher Navoiy, Botir Zokirov va Ukchi koʻchalari (Shahrisabzdan Furqatgacha).

Agar ishtirokchilar va tomoshabinlar oqimi koʻp boʻlsa, taqiqlangan hudud kengaytirilishi mumkin. Haydovchilarga marshrutlarni oldindan rejalashtirish va aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya etiladi.

2,4870

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→