Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonga ShHT sammitiga keldi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan birga Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va ShHT plyus formatidagi majlisda ishtirok etish uchun Bishkek shahriga keldi.
Davlatimiz rahbarini “Manas” xalqaro aeroportida Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Qosimaliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.
ShHT sammiti koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va tashkilotga a’zo davlatlarning qoʻshma tashabbuslarini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
