BMT Oʻzbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muvaffaqiyatini qayd etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Bishkek shahrida boʻlib oʻtayotgan ShHT sammiti doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston bilan BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

BMT Bosh kotibi Oʻzbekistonni mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi va mamlakat Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlidagi natijalarni qayd etdi. Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri Oʻzbekistonning BMT faoliyatidagi ishtiroki boʻldi. Tomonlar soʻnggi yillarda Respublika tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 15 ta rezolyutsiya qabul qilinganini ta’kidladi.

Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Guterrish Oʻzbekiston taraqqiyotini ijobiy baholadi va BMT bu boradagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

Tomonlar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan, barqaror rivojlanish, koʻp tomonlama hamkorlik va BMT shafeligida boʻlajak qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

BMT ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekiston tashkilotning Markaziy Osiyodagi eng faol hamkorlaridan biri boʻlib qolmoqda. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda suv resurslarini barqaror boshqarish, Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha tashabbuslar ilgari surilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
