O‘zbekistonda 1-sentabrdan havo harorati pasayadi

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyining oxirigacha O‘zbekistonning aksariyat hududlarida mo‘tadil issiq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzgi havo harorati +33...+38 daraja, janubiy hududlarda esa ayrim joylarda +39...+40 darajagacha ko‘tariladi.
31-avgustdan boshlab mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlariga salqin havo oqimi kirib kela boshlaydi. Natijada ushbu hududlarda kunduzgi harorat +25...+30 darajagacha pasayadi. 1-sentabr kuni salqin havo massasi butun respublika bo‘ylab tarqaladi va havo harorati o‘rtacha 3-5 darajaga pasayadi.
Yaqin kunlarda mamlakatning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududlarida juma va shanba kunlari qisqa muddatli yomg‘ir hamda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda esa 20-22 m/s gacha yetib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-30-avgust kunlari harorat +35...+38 daraja, 31-avgustda +34...+36 daraja, 1-sentabrda esa +30...+32 daraja bo‘ladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
